39 yoshli Modrich kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashni hal qildi

  • 24 fevral, 09:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning 39 yoshli pleymeykeri Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Jirona” darvozasiga supergol urib, hamon jamoaga foyda keltira olishini isbotladi.

Tecno

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, xorvatiyalik “Oltin to‘p” sohibi yoshi o‘tib borayotgan bo‘lsa-da, professional futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Luka Modrich kelasi mavsumni ham “Real”da boshlashga qaror qilgan. Biroq buning uchun “Qirollik klubi” unga yangi bitim taklif qilishi kerak.

Chunki Modrichning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Luka ayni paytda klub rahbariyatidan hamkorlik bo‘yicha yangi taklif berishlarini kutmoqda.

Modrich Madrid superklubiga 2012 yili kelgan. Shundan beri 574 ta uchrashuvda maydonga tushgan yarim himoyachi o‘z hisobiga 42 ta gol va 92 ta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!