Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

4 nafar erkin kurashchimiz Osiyo chempionatining finalida!

Izohlar: 0

Xabar berganimizdek, bugun Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida erkin kurashchilar bahslarni boshlagan. Kunning birinchi yarmi natijalariga ko‘ra, terma jamoamiz vakillari fantastika natija qayd etmoqda. 

5 vanzn toifasida o‘tkazilayotgan kurashda 4 nafar polvonimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Faqatgina yosh sportchimiz Temurjon Usmonohunov yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi. Quyida vakillarimizning raqiblari bilan tanishib olasiz: 

Finallar.

-57 kg: Shavkatjon Mahmudov – Kumsong Kang (KXDR);

-70 kg: Ixtiyor Navro‘zov – Seongbong Li (Janubiy Koreya);

-79 kg: Rashid Qurbonov – Izatullo Abbos (Eron);

-97 kg: Magomed Ibragimov – Mojtaba Goleiy (Eron). 

Bronza medali uchun: 

-65 kg: Temurjon Usmonohunov – Kukvang Kim (KXDR). 

Bo‘lajak bellashuvlarda vakillarimizga omad yor bo‘lsin!

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q