41 yoshli Modrich yubiley golini urdi
Qariya hali toʻxtamaydi
UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Xorvatiya terma jamoasi safarda Chexiya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. «Kataklilar» keskin kurashda 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi.
Xorvatiya tarkibidagi gollardan biriga 41 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich mualliflik qildi. U ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilanoq raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
O‘yinda kiritilgan ushbu to‘p tajribali havbek uchun terma jamoa safidagi 30-gol bo‘ldi. Modrich Xorvatiya terma jamoasi tarkibida jami 203 ta uchrashuv o‘tkazgan. U «kataklilar» sharafini 2006 yil mart oyidan buyon himoya qilib kelmoqda.
Xorvatiya terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi ham Millatlar ligasi doirasida o‘tkaziladi. Jamoa safarda Ispaniya termasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv seshanba, 29 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar (0)