48 yoshli jangchi MMAda faoliyatini davom etiradi
UFC sobiq chempioni Chak Liddell 48 yoshda MMAda faoliyatini boshlaganini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Liddell MMA doirasida 21 marta oktagonga chiqib, 8 marta mag‘lubiyatga uchragan. 2005-07 yillarda UFC o‘rta vazn toifasida chempionlik kamarini sohibi bo‘lgan.
Chak Oskar De La Xoyaning “Golden Boy Promotion” kompaniyasi bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Liddellning birinchi jangi 43 yoshli Tito Ortisga qarshi bo‘lishi ehtimoli katta. Eslatib o‘tish joizki, jangchilar UFC doirasida ikki marta uchrashishgan va har ikki bahs Chakning foydasiga yakunlangan.
Izohlar (0)