AQShda Sofya Jukning omadi kelib qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik tennischi Sofya Juk AQShda  WTA tomonidan o‘tkazilayotgan  "Chellenjer" turnirida ikkinchi davra bahslarini o‘tkazdi.

Sofya ushbu bellashuvda vengriyalik Dalma Galfiga qarshi kortga chiqib, 2:4 hisobida mag‘lub bo‘layotgan bir vaziyatda Galfi o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.

Shu tariqa Juk chorak finalda yana bir vengriyalik tennischi Reka-Luka Rani, yoki britaniyalik Xizer Uotsonga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!