AQShdagi millionlar uchun rus go‘zallari da’vogar
AQShning Indian-Uells shahrida yuqori nufuzli "BNP Paribas Open - 2917" xalqaro turnirining finalchilari aniqlandi.
Mukofot jamg‘armasi 6 993 450 million AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning yarim finalida Elena Vesnina frantsiyalik Kristina Mladenovichni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Svetlana Kuznetsova esa uchinchi raqamda saralangan Karolina Plishkovaning jiddiy qarshiligiga duch kelgan bo‘lsa-da, raqibasidan 7:6, 7:6 hisobida ustun keldi.

Endi AQShdagi eng nufuzli musobaqalardan birining bosh sovrini va mukofot jamg‘armasi uchun Rossiyaning ikki tennischisi - Elena Vesnina va Svetlana Kuznetsova o‘zaro kuch sinashadi.

Izohlar (0)