Asosiy mazmunga oʻtish

Boshqalar

AYoL BORKI, OLAM MUNAVVAR... (foto)

Izohlar: 0

...Munis va mehribon opa-singillar!

Go‘zallik va nafosat ayyomi – 8 mart bayramini biz har safar katta quvonch va hayajon bilan kutamiz. Chunki bu qutlug‘ ayyom qalbimizda, yuragimizda sizlarga bo‘lgan cheksiz mehrimiz, hurmatimizni izhor etish uchun yana bir katta imkoniyat beradi.

Shu ma’noda, agarki bu bayram bizning hayotimizda bo‘lmagan taqdirda ham mo‘’tabar onalarimiz, munis opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizning hurmati uchun bunday bayramni albatta tashkil etgan bo‘lardik.

Nega deganda, sizlarning doimo mana shunday ochilib, hayotdan, taqdirdan rozi bo‘lib, yayrab-yashnab yurishingiz uchun, sizlarning baxtu saodatingiz uchun biz doimo sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz.

Ilohim, mana shunday quvonchli kunlarimiz ko‘p bo‘lsin!

Sizlarni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini ko‘rishni tilayman.

Hamisha sog‘-omon bo‘ling, azizlar!

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqidan)

P.S. Sports.uz jamoasi ham ushbu tilakka qo‘shilgan holda barcha ayollarimizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

 
 
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q