Abbos birinchi g‘alabasiga tayyorlanmoqda

  • 09.02.2017 23:35
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

19 yoshli bokschimiz Abbos Mahammadyo‘ldoshev 25 fevral kuni Rossiyada tashkil etiladigan professional boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

 

Abbos professional ringdagi faoliyatini 2015 yili boshlagan va o‘sha yilning o‘zida Farrux Fayziev va Qudratillo Abduqahhorovdan mag‘lubiyatga uchratdi.

Bir yillik tanaffusdan so‘ng Abbos 28 yanvar kuni yana ringa ko‘tarildi. Bu gal yosh bokschimiz rossiyalik Pele Sadoyanga yutqazdi.

25 fevral kuni bo‘ladigan jangda Abbos Mahammadyo‘ldoshev rossiyalik Norman Aller bilan kuch sinashadi. Bu bokschi professional ringdagi faoliyatini 28 yanvar kuni boshladi va durang natija qayd etdi.

Abbosning bu galgi jangi olti raund qilib belgilangan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!