Asosiy mazmunga oʻtish

Olimpizm

Abdumalik Xalakov olimpiada chempioni

Shahzod
Izohlar: 0

Argentinada o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kuni davom etmoqda.

Avvalroq, -56 kg vazn toifasidagi bokschimiz Abdumalik Xalakov final jangini o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Hamyurtimiz hal qiluvchi jangida ukrainalik Maksim Xalinichevga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining o‘smirlar Olimpiadasidagi medallari soni 15 taga etdi. Ayni paytda hisobimizda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q