Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Abduraimova Gruziyadagi yurishini boshladi

Izohlar: 0

Ayni kunlarda Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham bugun mazkur turnirdagi yurishini boshladi. U ilk davrada rossiyalik Polina Monovaga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 51 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda tennischimiz 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Nigina ikkinchi davrada yana bir rossiyalik tennischi - Yana Tsizikova raqibalik qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q