Albina Afrikada g‘alaba qozonmoqda
O‘zbekistonlik tennischi Albina Xabibulina Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Tunisda o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning saralash bosqichini g‘alaba bilan boshladi.
Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollari bo‘lgan "Hammamet-2015" xalqaro turnirining asosiy to‘riga chiqish uchun kurashayotgan hamyurtimiz dastlabki uchrashuvda shvetsiyalik Rebekka Exn bilan raqobalatdi.
Uchrashuvda evropalik tennischidan har tomonlama ustunligini ko‘rsatgan Albina Xabibulina 6:3, 6:0 hisobida zafar quchdi.

Endi o‘zbekistonlik raketka ustasi asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan navbatdagi bahsda shveytsariyalik Chiara Frapolli bilan raqobatlashadi.


Izohlar (0)