Albina Tunisda g‘alaba qozonmoqda
Tunisda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Albina Xabibulina muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Juftlik bellashuvlarida qozog‘istonlik Aleksandra Grinchishina bilan hamkorlik o‘ynayotgan tennischimiz dastlabki bosqichda Germaniya tennischilari - Liza Matvienko va Karolina Verner ustidan 6:1, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Keyingi bosqichda markaziy osiyolik tennischilar avstriyalik Pia Konig va gretsiyalik Eleni Kordolaimiga qarshi kortga chiqadi.


Izohlar (0)