Albina WTA reytingida 54 pog‘ona yuqoriladi
Bugun Ayollar tennis uyushmasi – WTA ning yangi reytingi e’lon qilindi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova bu safargi reytingda 2 pog‘ona, Oqgul 4 pog‘ona, Albina Xabibulina esa 54 pog‘ona yuqoriladi.
Nigina Abduraimova esa o‘tgan safargi reytingdagi o‘rnini boy bermagan bo‘lsa, Arina Folts 3 ta o‘rin quyiladi.
Reytingning birinchi 10 taligida esa ispaniyalik Garbine Mugurusa o‘zining muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab, 3-o‘ringa ko‘tarilib olishga erishdi. Anjelika Kerber esa 6-o‘ringa tushib ketdi.
WTA reytingi. 21 avgust
1 (1). Karolina Plishkova (Chexiya) — 6390.
2 (2). Simona Xalep (Ruminiya) — 6385.
3 (6). Garbine Mugurusa (Ispaniya) — 5860.
4 (4). Elina Svitolina (Ukraina) — 5650.
5 (5). Karolina Voznyatski (Daniya) — 5350.
6 (3). Anjelika Kerber (Germaniya) — 5146.
7 (7). Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) — 4750.
8 (8). Svetlana Kuznetsova (Rossiya) — 4410.
9 (9). Vinus Uilyams (AQSh) — 4216.
10 (10). Agneshka Radvanska (Polsha) — 3855.
...
158 (160). Sabina Sharipova (O‘zbekiston) – 341
277 (277). Nigina Abduraimova (O‘zbekiston) – 186
428 (432). Oqgul Omonmurodova (O‘zbekiston) – 79
666 (720). Albina Xabibulina (O‘zbekiston) – 31
692 (689). Arina Folts (O‘zbekiston) – 27
835 (851). Kamola Umarova (O‘zbekiston) – 16
1009 (1016). Polina Merenkova (O‘zbekiston) – 9
1225 (1226). Laylo Bahodirova (O‘zbekiston) – 3
1232 (1233). Yasmina Karimjonova (O‘zbekiston) – 3.

Izohlar (0)