Albina Xabibulina bugun bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Zohir2018
Tennischimiz juftlik bahslari finalida o‘ynaydi
Hindistonning Navi Mumbay shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada bugun juftliklar o‘rtasida final bahsi o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqaning juftliklarida hamyurtimiz Albina Xabibulina rossiyalik Ekaterina Yashina bilan bugun final bosqichida kortga chiqadi.
Albina va Ekaterina tandemi finalda indoneziyalik Jessi Rompies va turkiyalik Berfu Chengizga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur bahs bugun 15:30 da boshlanadi.

Izohlar (0)