Albina ishonchni oqlamoqda
Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiritilgan ayollar o‘rtasidagi turnirda hamyurtimiz kortga chiqdi.
Qozog‘istondagi turnirning juftlik bellashuvlarida mezbonlar vakilasi Aleksandr Grinchishina bilan hamkorlikda o‘ynayotgan hamyurtimiz Albina Xabibulina dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu juftlik birinchi uchrashuvda o‘zbekistonlik Arina Folts va rossiyalik Valeriya Zelevani 6:1, 3:6, 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yakkalik bahslarida ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Kamola Umarova rossiyalik Aleksandra Pospelovaga 1:6, 6:7 hisobida taslim bo‘ldi. Arina Folts esa Rossiyaning boshqa vakilasi Alina Silichdan 3:6, 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.


Izohlar (0)