Asosiy mazmunga oʻtish
Qishgi sport turlari

Aleksandr Ovechkinning xet-trigi “Vashington”ga g‘alaba keltirdi

Izohlar: 0

Milliy xokkey ligasi chempionatining navbatdagi turida 8ta o‘yin o‘tkazildi.

 «Air Canada Centre» sport saroyida “Toronto” klubi “Vashington”ga qarsh o‘yin o‘tkazdi. Ushbu o‘yinda rossiyalik Aleksandr Ovechkin raqib darvozasini uch marotaba ishg‘ol etib, “Vashington”ning 4:2 hisobidagi g‘alabasini taminladi.

“Monreal” o‘z mydonida o‘tgan o‘yinda “Baffalo” darvozasiga uch marotaba gol urib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

Shuningdek chempionatda “Sent-Luis” – “Minnesota” 6:3, “Arizona” – “Vegas” 2:4 , “Pittsburg”– “Tampa-Bey” 5:2, “Florida” – “Chikago” 1:4, “Detroyt” – “Nyu-Jersi” – 3:4, “Ottava” – “Aylenders” 1:2, hisoblari qayd etildi.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q