Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Aleksandr uch frantsuz bilan raqobatlashadi

Izohlar: 0

Frantsiyaning Monpele shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi xalqaro turnirda yarim final ishtirokchilari aniqlandi.

Mukofot jamg‘armasi 518650 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada mezbon tennischilar o‘z muxlislarini xushnud etdi. Frantsiyalik raketka ustalaridan uch nafari yarim finalga chiqdi. Germaniyalik Aleksandr Zverev bosh sovrin uchun kurashda ularning qarshiligini engishi lozim.

Chorak final natijalari bilan tanishing:

Rishar Gaske (Frantsiya, 3) — Kenni de Shepper (Frantsiya, Q) 6:2 5:7 6:4

Benua Per (Frantsiya) — Dastin Braun (Germaniya) 1:0 Rt

Jo-Vilfrid Tsonga (Frantsiya, 2) — Daniil Medvedev (Rossiya) 6:2 7:5

Aleksandr Zverev (Germaniya, 4/WC) — Jeremi Shardi (Frantsiya) 6:4 4:6 6:2

Yarim finalda quyidagi juftliklar bellashadi:

Benua Per (Frantsiya) — Rishar Gaske (Frantsiya, 3)

Aleksandr Zverev (Germaniya, 4/WC) — Jo-Vilfrid Tsonga (Frantsiya, 2)

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q