Alisson "Liverpul" bilan AQSh turnesiga bormaydi

  • 19.07.2018 16:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

Tez orada “Liverpul” a’zosiga aylanishi kutilayotgan braziliyalik posbon Alisson Beker mersisaydliklarning mavsumoldi AQSh turnesini o‘tkazib yuboradi.

Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ayni damda Liverpulda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan darvozabon klub bilan shartnoma imzolagandan so‘ng ta’tilga yo‘l oladi va kelasi oyning boshida klub bazasiga qaytadi. Uning “Liverpul” safidagi debyutini 4 avgust kuni Dublinda "Napoli"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!