Amerikalik bokschi Botirali Mamajonovning zarbalariga dosh bera olmadi

  • 15.10.2016 11:40
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

24 yoshli professional bokschimiz Botirali Mamajonov (5-0, 3 KO) kecha Florida shtatida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Uning bu galgi raqibi amerikalik Larri Xarris (2-1, 1 KO) bo‘ldi.

4 raundga belgilangan jangda Mamajonov raqibiga qaraganda ancha faol harakat qildi. To‘qnashuvning 3 raundiga kelib esa Larri bokschimizning zarbalari dosh bera olmadi va nokautga uchradi.

Shunday qilib, Botirali Mamajonov professional faoliyatidagi 5-jangini ham g‘alaba bilan yakunlab, nokautlari sonini uchtaga etkazib oldi.

Mamajonov esa bugungacha to‘rtta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba (2tasi nokaut) bilan yakunlagan. So‘nggi marta 29 iyul kuni ringga ko‘tarilgan Mamajonov 4 raundlik to‘qnashuvda Kortez Ridni (1-1, 0) hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan edi.

>>> Bokschimizning oldingi janglari videosi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!