Ana Bogdan "Abierto GNP Seguros - 2018"da o‘zini ko‘rsatdi

Ruminiyalik tennischis Ana Bogdan "Abierto GNP Seguros - 2018" turnirining birinchi davrasida g‘alaba qozondi.

U Meksikada o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasida mezbon tennischi Viktoriya Rodrigesni 4:6, 6:4, 7:6 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa, Bogdan ikkinchi davrada ispaniyalik Sara Sorribes-Tormo, yoki chexiyalik Tereza Martintsovaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!