Anastasiya Pavlyuchenkovaning omadi kelib qoldi
Rossiyalik tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova "Porsche Tennis Grand Prix" turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
U ikkinchi davrad ispaniyalik Garbin Mugurusaga qarshi kortga chiqdi. O‘yinning birinchi setini 7:5 hisobida yutib olgan Mugurusa belidagi jarohati tufayli uchrashuvni o‘tkazishdan bosh tortdi.
Shu tariqa Pavlyuchenkova Shtutgart kortlarida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida s estoniyalik Anett Kontaveytga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Fikrlar