Andre Agassi: Novak o‘zini tiklab olganidan xursandman
Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi Andre Agassi o‘zining sobiq shogirdi serbiyalik Novak Jokovichning erishayotgan yutuqlaridan xursandligini aytib o‘tdi.
"Fikrimcha, Novak avvalgi holatiga qaytib oldi. U har bir o‘yinga yuz foiz tayyor bo‘lsa, faqat g‘alaba qozona boshlaydi. Ayni damda u yuqori saviyada o‘ynamoqda. Hozir Jokovich uchun eng muhimi jarohatlardan qochish.
Men unga murabbiylik qilgan vaqtlarimda biz bor e’tiborni uning salomatligiga qaratganmiz. Novak uchun bir oz vaqt kerak edi. Hozir esa o‘sha vaqt keldi va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Men uning muvaffaqiyatlaridan xursandman.
Fikrlar