Andrea Petkovich rus go‘zali oldida ojiz qoldi

Lints shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning final uchrashuvida ishtirok etadigan tennschilar nomi aniqlandi.

Ushbu musobaqaning yarim finalida rossiyalik Ekaterina Aleksandrova hamda germaniyalik Andrea Petkovich o‘zaro raqobatlashdi. Unda Andrea 6:0, 4:6, 0:6 hisobida taslim bo‘ldi.

Shu tariqa, "Upper Austria Ladies Linz" turnirining finalida uchrashuvila Ekaterina italiyalik Kamila Jorjiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!