Anett Kontaveytning kuchi etmadi
Estoniyalik tennischi Anett Kontaveyt Luganoda o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasidagi to‘siqdan o‘ta olmadi.
Anett mazkur bosqichda belaruslik Vera Lapkoga qarshi kortga chiqib, 6:3, 4:6, 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa zafar quchgan Lapko "Samsung Open - 2018" turnirining ikkinchi davrasida shveytsariyalik Viktoriya Golubich, yoki chernogoriyalik Danka Kovinich bilan o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar