
Anna Blinkova saralash bahslaridan o‘tib oldi
Avstraliyaning Xobart shahrida 7-12 yanvar kunlari ayollar o‘rtasida "Hobart International" tennis turniri o‘tkaziladi.
Ayni damda mazkur turnirning asosiy to‘r bahslariga chiqish uchun saralash bahslari o‘tkazilmoqda. Unda rossiyalik Anna Blinkova mezbonlar vakili Kayla Makfini 7:6, 3:6, 6:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa saralash bahslarining finalida g‘alaba qozongan Blinkovoy "Hobart International" turnirining birinchi davrasiga yo‘l oldi.
Fikrlar