Asosiy mazmunga oʻtish
Dzyudo

Antalya Gran-prisi omadsiz boshlandi

Nurali
Izohlar: 0

Xabar berganimizdek, Turkiyaning Antalya shahrida dzyudochi bo‘yicha Gran-pri musobaqasi start oldi. Reglamentga ko‘ra, bugun engil vazn toifasidagi bahslar bo‘lib o‘tmoqda. 

Dastlab 60 kilogrammgacha vazn toifasida Doston Ro‘ziev tatamiga chiqdi. Bolgariyalik Valentin Alipievga vazari bahosi bilan imkoniyatni boy bergan vakilimiz shu tariqa birinchi davradan musobaqa bilan xayrlashdi. Qizlar o‘rtasida 48 kilogarmmgacha vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova ilk davrada Olimpiada chempioni braziliyalik Sara Menezesga "goldek skor"da yutqaziy qo‘ydi. Ertaga o‘rta vazn toifasida kurashuvchi polvonlar bahslarga kirishadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q