Antalyadagi “g‘alatiliklar” finalda ham davom etdi

  • 1 iyul, 2017, 22:39
  • 0
  • Tennis
TIGGO 2 PRO

 

26 iyunda Turkiyaning Antalya shahrida ATP turkumidan o‘rin olgan turnir bugun o‘z nihoyasiga etdi. Sovrin jamg‘armasi 497 255 evro bo‘lgan ushbu turnir finaliga yaponiyalik Yuichi Sugita va frantsiyalik Adrian Mannarinolar etib kelishdi.

1 soat 29 daqiqa davom etgan o‘yinda yaponiyalik raketka ustasi 6:1, 7:6 hisobida raqibini mag‘lub etdi va ATP tasnifidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi. Jahon tasnif jadvalida 66-o‘rinda borayogan Sugita shu vaqtga qadar birorta turnirda chorak finaldan nariga o‘ta bilmagan edi.

Antalya Open. Final

Yuichi Sugita (Yaponiya) – Adrian Mannarino(Frantsiya) 6:1, 7:6.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!