Antalyadagi turnirda “sensatsiyalar” davom etmoqda

  • 29 iyun, 2017, 02:41
  • 0
  • Tennis
TIGGO 2 PRO

Ayni kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida ATP turkumidan o‘rin olgan “Antalya Open” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Sovrin jamg‘armasi 497 255 evro bo‘lgan turnirda bugun ikkinchi davra o‘yinlariga davom ettirildi.

Antalyadagi turnirda “g‘alati ish”lar bo‘lmoqda

Maysali qoplamali kortlarda o‘tayotgan bahslarda kutilmagan natijalar ham ro‘y bermoqda. Masalan, kecha jahonning sakkizinchi raketkasi Dominik Tim jahon tasnif jadvalida 222-o‘rinda borayotgan xindistonlik Ramkumar Ramanatanga imkoniyatni boy berdi va turnirni tark etgani haqida xabar bergan edik.

Bugun esa ATP reytingida 39-o‘rinda borayotgan ispaniyalik David Ferrer yaponiyalik Yuichi Sugitaga uch set yakuniga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, jahon tasnif jadvalida 252-o‘rinda borayotgan Daniel Altmayer ham uch set yakuniga ko‘ra, mezbon tennischi -

Marsel Ilxanni mag‘lub etishining uddasidan chiqqan xolda, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Bugun musobaqaning ikkinchi davrda o‘yinlarida quyidagi natijalar qayt etildi:

Daniel Altmayer (Germaniya) – Marsel Ilxan (Turtsiya)  6:3 3:6 7:6

Radu Albot (Moldova) – Paolo Lorentsi (Italiya) 6:3 6:4

Yuchi Sugita (Yaponiya) – David Ferrer (Ispaniya) 6:3 3:6 7:6

Daniel Altmayer (Germaniya) – Marsel Ilxan (Turkiya)  6:3 3:6 7:6

Andreas Seppi (Italiya) – Yanko Tipsarevich (Serbiya) 3:6 6:4 6:4.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!