Anvar Boynazarov yarim final jangini o‘tkazmoqda. LIVE
Xitoyning Kunmin shahrida kikboksing bo‘yicha “EM LEGEND 27” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur turnirda muay tay bo‘yicha ikki karra jahon chempioni va yakkakurash jang san’atlari ustasi Anvar Boynazarov yarim finalda ringga chiqadi.
Uning bu bosqichdagi raqibi tailandlik jangchi Manas bo‘ladi. Shuningdek, yarim finalning narigi juftligida xitoylik Chang Chenglong tailandlik Senmane bilan kuch sinashadi. Ushbu juftliklar g‘olibi bugunning o‘zida final uchrashuvida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Izohlar (0)