Arina Afrikadagi finalda o‘ynaydi
Afrika qit’asidagi mamlakat - Tunisda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnirda dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan kelgan tennischilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Musobaqaning juftlik bellashuvlarida ishtirok etayotgan Arina Folts bosh sovrin uchun kurashadigan bo‘ldi.
Sloveniyalik Nina Potochnik bilan birga uchinchi raqamli juftlikni tashkil qilgan Arina Folts slovakiyalik Barbora Palkatova va chililik Ivaniya Martinichni 6:1, 6:1, frantsiyalik Emmanuella Jirard va shveytsariyalik Lulu Rodovchichni 6:4, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Arina va Nina yarim finalda ikkinchi raqamda saralangan duet - braziliyalik Karolina Alvesh va chililik Fernando Brito bilan raqobatlashdi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan bahsdaamyurtimiz o‘z sherigi bilan birga 6:2, 7:5 hisobida zafar quchdi.


Izohlar (0)