Arina Sobolenko endi "US Open"ni olmoqchi

Belaruslik Arina Sobolenko "US Open" turnirida amerikalik Daniel Kollinzga qarshi kortga chiqib 6:0, 4:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Endi u "Katta dubulg‘a" turkumidagi ushbu musobaqaning ikkinchi davrasida rossiyalik Anna Blinkova hamda Vera Zvonaryova uchrashuvi g‘olibi bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Arina Sobolenko o‘tgan haftada  "Connecticut Open" turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!