Asosiy mazmunga oʻtish

Mini-futbol

Ashxobod-2017. Futzalchilarimiz finalda!

Izohlar: 0

Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning yarim finalida Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Toshkent vaqti bilan 19:00da start olgan qarama-qarshilikning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib nomi aniqlanmadi - 3:3

Penaltilar seriyasida esa Bahodir Ahmedov boshliq futzalchilarimiz raqiblariga qaraganda aniqroq harakat qilib, 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

Endi, finalda vakillarimizga Eron terma jamoasi raqib bo‘ladi.

Ashxobod-2017. Futzal. Yarim final

O‘zbekiston - Yaponiya 3:3 (penaltilar seriyasi 3:2)

Gollar: K.Sviridov 20, D.Abdurahmonov 23, D.Choriev 35 - Kasho Tamuro 8, K.Shimizu 27, Sh.Xara 34

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q