Australian Open-2017: Federer “yapon samurayi”ni musobaqadan chiqarib yubordi
Avstraliyaning Melburn shahrida davom etayotgan Australian Open musobaqasining markaziy uchrashuvlaridan birida shveytsariyalik Rojer Federer (№17) 1/8 finalda jahonning 5-raqamli tennischisi yaponiyalik Kei Nishikori bilan kuch sinashdi.
5 set davom etgan murosasiz bellashuvda tajribali Federer 6/7, 6/4, 6/1, 4/6 va 6/3 hisoblarida ustun keldi.

Endi shveytsariyalik tennischining chorak finaldagi raqibi biroz avval sensatsion tarzda Endi Marreyni (№1) musobaqadan chiqarib yuborgan germaniyalik Misha Zverev (№50) bo‘ladi.

Izohlar (0)