Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

“Australian open-2017”: Kuchlilar ham taslim bo‘ladi

Izohlar: 1

Melburnda davom etayotgan Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Ayniqsa, asosiy to‘r o‘yinlariga saralashdan chiqqan amerikalik Jennifer Breydi 14-raqamda saralangan rossiyalik Elena Vesninani mag‘lub etib, muxlislar e’tiboriga tushdi.

Bosh sovringa asosiy da’vogarlardan hisoblangan slovakiyalik Dominika Tsibulkova ham o‘zidan kuchsiz raqibasiga taslim bo‘ldi. Rossiyalik Ekaterina Makarova oltinchi raqamda saralangan Dominikani uch setda mag‘lubiyatga uchratdi.

Hozirgacha yakunlangan natijalar bilan tanishing:

Jennifer Breydi (AQSh, Q) — Elena Vesnina (Rossiya, 14) 7:6 6:2

Ekaterina Makarova (Rossiya, 30) — Dominika Tsibulkova (Slovakiya, 6) 6:2 6:7 6:3

Barbora Stritsova (Chexiya, 16) — Karolin Garsiya (Frantsiya, 21) 6:2 7:5

Miryana Luchich-Baroni (Xorvatiya) — Mariya Sakkari (Gretsiya) 3:6 6:2 6:3

Serena Uilyams (AQSh, 2) — Nikol Gibbz (AQSh) 6:1 6:3

Yoxanna Konta (Velikobritaniya, 9) — Karolina Voznyatski (Daniya, 17) 6:3 6:1

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q