Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

“Australian open-2017”: Shveytsariyaning ikki vakili final uchun o‘ynaydi

Izohlar: 0

"Katta Dubulg‘a" turkumidagi Avstraliya ochiq chempionatining yarim finalida Shveytsariya vakillari - Stanislas Vavrinka va Rojer Federer bir biriga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Chorak finalning birinchi kungi bellashuvlarida Stanislas Vavrinka frantsiyalik Jo-Vilfrid Tsongaga qarshi kortga chiqib, o‘yinni 7:6, 6:4, 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Rojer Federer esa germaniyalik yosh iste’dod sohibi Misha Zverevni qiyinchiliksiz engdi. Uchrashuvda 6:1, 7:5, 6:2 hisobi qayd etildi.

Ertaga David Goffen (Belgiya, 11) — Grigor Dimitrov (Bolgariya, 15) va Rafael Nadal (Ispaniya, 9) — Milosh Raonich (Kanada, 3) uchrashuvlari bo‘ladi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q