Bahodir Jalolovning Rio-2016dagi raqibi qisqa vaqtda chempionlik kamarini qo‘lga kiritmoqchi
Boks bo‘yicha Rio Olimpiadasining super og‘ir vazn toifasida kumush medalini qo‘lga kiritgan britaniyalik Jo Joysning promouteri Richard Sheferning so‘zlariga ko‘ra, Jo juda qisqa vaqt ichida jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.
– Uning yoshi 31da. Shunday ekan, uning debyut jangi 8-10 raund bo‘ladi. Biz uni juda tez yuqori marralarga olib chiqmoqchimiz. 5, 6 yoki 7 jangdan so‘ng Jo jahon chempionligi tituli uchun kurashga tayyor bo‘ladi. Uning muper og‘ir vaznli bokschilar orasida noodatiy hisoblanadi. U doimo zarbalar yomg‘irini yog‘diradi va doimo oldinga harakat qiladi. Zarbasi aniq va juda kuchli. O‘ylaymanki, u bir necha janglarda Britaniya va Evropa chempioni bo‘la oladi. Joys bularni amalga oshirishga to‘liq tayyor, – deydi Richard Shefer.
Taxminlarga ko‘ra, uning ilk raqibi mashhur britaniyalik bokschi Devid Allen (11-3-1, 7 KO) bo‘lishi mumkin. Jo Allenga bu borada profi-ringdagi debyut jangi uchun taklif yuborgan. Mazkur qarama-qarshilik 10-raund bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda Allen bu taklifni o‘ylab ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Bahodir Jalolov Rio Olimpidasining chorak finalida JoJoysga bilan taqnash kelgan va o‘z yurishini chorak finalda to‘xtatgan edi.
Izohlar (0)