Pley-offda kim bilan to‘qnash kelamiz? Kolumbiya yoki Yaponiya?
Kecha Ravshan Haydarov boshqaruvidagi U20 terma jamoamiz 3-tur bahsida Gvatemalani engib, 4 ochko to‘plagan xolda guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, yoshlarimiz pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Endilikda, ularga kim raqiblik qilishi mumkinligi ko‘pchilikni qiziqitirgan savolga aylanmoqda. Biz, narigi guruhdagi xolat haqida batafsil ma’lumot taqdim etamiz.
Bu guruhda Kolumbiya 6 ochko bilan pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan. Bu jamoa 3-turda Senegalga mag‘lub bo‘lmasa, guruh g‘olibligini qo‘lga kiritadi.
Shunda 2-o‘rin masalasi Yaponiya-Isroil o‘yinida hal bo‘ladi. Qit’adoshlarimiz hisobida 3, evropaliklar hisobida esa 1 ochko mavjud. Bu bahsda yaponlar mag‘lub bo‘lmasa ham, 2-o‘rinni qo‘lga kiritishadi. Isroil g‘alaba qozonsa, nimchorak finalda bizga raqib bo‘ladi.
Shunga qaramay, vaziyat umuman boshqacha ko‘rinish olishi ham hech gap emas. Agar Kolumbiya Senegalga yutqazib qo‘ysa, unda guruhdagi vaziyat chigallashadi. G‘alaba tufayli Senegalning ochkolari 4 taga etadi. Yaponiya-Isroil o‘yinida "kunchiqar yurt" o‘lkasi yirikroq hisobda g‘alaba qozonsa, guruh g‘olibiga aylanib, Kolumbiya 2-o‘ringa tushib qolishi ham mumkin.
Xullas, pley-off yo‘llanmasi uchun kurashda uch jamoa ichida eng yaxshi imkoniyat Yaponiyada. Ular Isroilga mag‘lub bo‘lmasa, eng kamida 3-o‘rin bilan nimchorak finalga chiqadi.
"C" guruhida 3-tur o‘yinlari bugun tunda — 28 mayga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00da boshlanadi. Plef-offdagi raqibimizni mana shu o‘yinlar yakunlaganidan keyin bilib olamiz.
O‘zbekistonning nimchorak final bosqichida o‘yini esa 30 maydan 31 mayga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00ga belgilangan.
Fikrlar