Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Bekzod Abdurahmonov va Magomed Ibragimov chorak finalda

Izohlar: 0

Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport  kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.

Ushbu musobaqada -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Germaniyalik Osman Chakichiga qarshi gilmaga ko‘tarilgan hamyurtimiz raqibidan yirik, 11:0 hisobida ustun keldi va keyingi bosqich masalasini hal qildi. Endi hamyurtimiz yarim final oldidan kubalik Livan Lopez Azkuy bilan bahs olib boradi.

Shuningdek, -97 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan sportchimiz Magomed Ibragimov ham eronlik Muhsin Muhammadini 10:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda, chorak final masalasini hal qildi. Endi sportchimiz keyingi bosqichda hindistonlik Sativard Kadian va armanistonlik Georgi Ketoev juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q