Bob Arum: Meyvezer Makgregorni nokautga uchratadi
Promouter Bob Arum bokschi Floyd Meyvezerning irlandiyalik aralash yakkakurash janglar ustasi Konor Makgregorni nokautga uchratishiga shubha qilmayotir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik sportchi bu jangda bor imkoniyatini ishga soladi. Eslatib o‘tamiz, boks qoidalariga ko‘ra o‘tkaziladigan jang 26 avgust kuni Las-Vegasda tashkil etiladi.
– Meyvezer himoyadan harakat qiladi. U imkoniyat yaratish uchun bir qancha zarbalarni o‘tkazadi, ammo u nimalarga qodirligini isbotlay oladi. Meyvezer Makgregorni nokautga uchratadi, – deydi Arum.
Izohlar (0)