Bobonov braziliyalik raqibini chiroyli usulda engdi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan -81 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Davlat Bobonov braziliyalik Viktor Penalber bilan bahs olib bordi.
Hamyurtimizning faolligida kechgan ushbu bahsda, Bobonov raqibi ustidan chiroyli usulda ippon bahosi evaziga g‘alaba qozondi. Endi hamyurtimizga keyingi bosqichda yaponiyalik Nagase Takanore bilan bellashadi.

Fikrlar