Bokschimiz chorak finaldayoq o‘z yurishini yakunladi
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 91 kg vazn toifasida chorak final bahslari hamyurtimiz Sanjar Tursunov hamda qozog‘istonlik Vasiliy Levitga qarshi jang bilan start oldi.
Biroz avval yakuniga etgan ushbu qarama-qarshilikda qo‘shni mamlakat vakili Vasiliy Levit g‘alaba qozondi.
Ma’lumot o‘rnida qozog‘istonlik bokschi 2016 yili Rioda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida kumush medal bilan taqdirlangan edi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Izohlar (0)