
Boku-2017: Mo‘min polvon oltinni qo‘ldan chiqardi
Islom Birdamlik o‘yinlarida yunon-rum kurashi bellashuvlari yakunlandi.
Eng og‘ir - vazni 130 kilogramm bo‘lgan kurashchilar bahsida qatnashgan hamyurtimiz Mo‘minjon Abdullaev finalda gilamga chiqdi.
Eng kuchli polvonimiz finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda suriyalik R.Alkrad va Ozarbayjon vakili I.Shariatini mag‘lubiyatga uchratgandi.
Mo‘minjon Abdullaev hal qiluvchi bellashuvda turkiyalik O‘.Yildirimga imkoniyatni boy berib kumush medal bilan kifoyalandi.
Fikrlar