Boku-2017: Turk - O‘zbek finalida raqiblarning qo‘li baland keldi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarning tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslari ham yakunlandi.
Ushbu bellashuvlarning final uchrashuvida turkiyalik Ilhan Sharp Agabigun/Altug‘ Chelikbilek juftligiga qarshi kortga chiqqan hamyurtlarimiz raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Qayd etish lozim, oldinroq qizlarimiz ham aynan turkiyalik raqibalari to‘sig‘idan o‘tolmagandi.


Izohlar (0)