Boltaev isroillik raqibiga mag‘lub bo‘ldi
Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi bahslarining so‘nggi kuniga start berildi.
Ushbu kun dastaridan o‘rin olgan bellashuvlarda erkaklar o‘rtasida +100 kg vazn toifasidagi Boltaboy Boltaev bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralash bosqichida isroillik Or Sassonga qarshi tatamiga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda Boltaev raqibiga xansogi ya’ni ogohlantirishlar hisobiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar