Bugun EChLda markaziy bahs Milanda bo‘ladi
Bizni oldinda shiddatli bahs kutmoqda.
Xabaringiz bor bugun UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Kunning markaziy bahsi shubhasiz Milandagi “Juzeppe Meatstsa” stadionida kechadi. Shu kuni “Inter” “Barselona”ni qabul qiladi. Ushbu bahsni polshalik Shimon Martsinyak boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Barselona” Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 8ta bahsning 7tasida o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagan.
- “Barselona” EChLdagi so‘nggi 7ta bahsning 6tasida g‘alaba qozongan.
- “Barselona” EChLdagi so‘nggi 6ta bahsning 5tasida raqib darvozasiga kamida 2ta gol urmoqda.

- “Inter” “Barselona”ga qarshi o‘tgan Milandagi so‘nggi uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
- “Inter” o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 5ta o‘yindan buyon g‘alaba qozonib kelmoqda.

"Inter" - "Barselona"
Stadion: "Juzeppe Meatstsa" (Milan)
Nachalo matcha: 01:00
Bosh hakam: Shimon Martsinyak (Polsha)
Taxminiy tarkiblar:
"Inter": Xandanovich - Vrsalko, De Vrey, Shkrinyar, Asamoa - Vesino, Brozovich - Politano, Naynggolan, Perishich - Ikardi
"Barselona": Ter Shtegen - Roberto, Pike, Lengle, Alba - Buskets, Rakitich, Artur - Rafinya, Koutino, Suares

Izohlar (0)