Bugun Hasanboy Do‘smatov taqdirlanadi (foto va video)

  • 20 dekabr, 2016, 09:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA) yil bokschisini aniqlash borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Hasanboy Do‘smatov 77 % ovoz olib, “yilning eng yaxshi bokschisi” deb topilgan edi. Unda qozog‘istonlik Daniyar Eleussinov va kubalik Robeysi Ramiresni ortda qoldirgan hamyurtimiz Hasanboy bugun Shveytsariyaning Lozanna shahrida taqdirlanadi

Hasanboy Dusmatov

Bokschimiz bu bilan joriy yilda bir qator xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqish bilan birga, to‘rt yillikning eng nufuzli turniri Rio Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi va Olimpiya o‘yinlarida eng kuchli texnika egasiga beriladigan Vel Barker kubogi bilan ham taqdirlangan edi.

Hasanboy Dusmatov

Bundan tashqari Hasanboy dekabr oyi boshida jahon maydonlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni sharaflash, sport an’analarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va sport rivoji hissa qo‘shgan murabbiylar, faxriylarni e’zozlash maqsadida ta’sis etilgan – “Oltin Mangust” xalqaro mukofotini ham qo‘lga kiritgan.

Hasanboy Dusmatov

Biz ham sportchimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!