
Bugun Madridda karate bo‘yicha jahon chempionatiga start beriladi
Bugun Ispaniya poytaxti Madrid shahrida karate bo‘yicha 24-jahon chempionati start oladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Musobaqada er yuzining 139 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadilar.
Jahon chempionatida quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar:
Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dastonbek Otabolaev
+84 kg: G‘ofurjon Zohidov
Ayollar:
-50 kg: Baxriniso Boboeva
-61 kg: Barno Mirzaeva
-68 kg: Dildor Annadurdieva
Bahslar 11 noyabrga qadar davom etadi.
Fikrlar