Bugun Minskda 4 nafar hamyurtimiz kortga chiqadi
Ayni kunlarda Belarus poytaxti Minsk shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Sovrin jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning saralash bahslari davom etmoqda. Bugun ushbu turnirda nafar hamyurimiz kortga chiqadi
O‘zbekistonlik tennischi Saida’lo Saidkarimov ukrainalik Artyom Vasheshnikovga qarshi ikkinchi saralash bosqichi doirasida kortga chiqadi.
Xumoyun Sultonov esa ikkinchi davra bahsnini o‘tkazadi. Unga mezbonlar vakili Yaraslav Shila raqiblik qiladi.
Shuningdek, vakillarimiz juftlik bahslarida ham o‘z kuchlarini sinab ko‘rishadi. Shonig‘mat Shofayziev gruziyalik George Tsevadze bilan duet hosil qilib, Aleks Kanter/Nikolas Moreno duetiga qarshi bahs yuritadi.
Xumoyun Sultonov esa yana bir yurtdoshimiz Sharobiddin Abzalov bilan duet hosil qilib, rossiyalik Markos Kalovelonis/Denis Matsukevichlarga qarshi kortga tushadi.

Izohlar (0)