Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Bugun dzyudo bo‘yicha JChning so‘nggi kuni

Nurali
Izohlar: 0

Bugun dzyudo bo‘yicha jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tadi va unda polvonlarimiz ikki davrada Gollandiya vakillariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi

Bugun Ozarbayjon poytaxtida dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida aralash jamoaviy bellashuvlarga guvoh bo‘lamiz. 

Shaxsiy birinchiliklar davomida jamoaviy yo‘nalishga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda terma jamoamiz ikkinchi davradan bahslarga kirishadi. Dzyudochilarimizning bu bosqichdagi raqibi Gollandiya terma jamoasi bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatining jamoaviy bahslarida ikki Koreya mamlakatlari birlashgan holda ishtirok etadigan bo‘lishdi. Terma jamoamiz ushbu mintaqa dzyudochilari bilan bir guruhdan joy olishgan va katta ehtimolda chorak finaldagi raqibimiz koreyaliklar bo‘lishi kutilmoqda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q