Bugun g‘olib aniqlanadi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tennis bo‘yicha Allyor tennis uyushmasi musobaqalari taqvimiga kiritilgan "ALYA WTA Malaysian Open - 2017" xalqaro turnirda final uchrashuvi ishtirokchilari aniqlandi.
Birinchi yarim finalda avstraliyalik Eshli Barti xitoylik Xan Sinyun ustidan 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Ikkinchi uchrashuvda esa yaponiyalik Nao Xibino Polshalik Magda Linett ga qarshi kortga chiqdi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan bahsda 2:6, 6:4, 6:4 hisobida yapon tennischisi muvaffaqiyatga erishdi.

Bosh sovrin uchun bo‘ladigan finalda Nao Xibino va Eshli Barti o‘zaro raqobatlashadi.


Izohlar (0)